
O‘zbekiston qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bosqichi finalida o‘zbekistonlik derby
Toshkentda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bosqichida yakka tartibdagi musobaqalar yakuniga yetdi. O‘smirlar o‘rtasidagi finalda ikki nafar o‘zbekistonlik qilichboz — Islombek Abdazov va Zuhriddin Qodirov bellashdi.
Keskin kurashda Abdazov minimal ustunlik bilan g‘alaba qozondi — 15:14.
Musobaqada medallar quyidagicha taqsimlandi: birinchi o‘rinni Abdazov, ikkinchi o‘rinni Qodirov, uchinchi o‘rinni esa turkiyalik qilichboz Adem Kupeli va vengriyalik Oskar Vajda bo‘lishdi.
Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun