
O‘zbekistonlik olti nafar bokschi WBA’ning yangilangan reytingiga kirdi, Do‘smatov va G‘iyosov – birinchi o‘rinlarda
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning aprel oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekistonning kuchli charm qo‘lqop ustalaridan olti nafari o‘z vazn toifalarida eng yaxshilar qatoridan joy oldi.
Eng yengil vazn (47,6 kg gacha) reytingida Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yarim o‘rta vazn toifasida (66,7 kg gacha) ham o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov yetakchilik qilmoqda.
Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg gacha) Murodjon Ahmadaliyev WBAning vaqtinchalik chempioni maqomini saqlab qoldi.
Super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg gacha) Bektemir Meliqo‘ziyev reyting uchinchi pog‘onasida joylashgan.
Yarim yengil vazn toifasida (57,2 kg gacha) Otabek Xolmatov to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Birinchi o‘rta vazn toifasida (69,9 kg gacha) Isroil Madrimov reytingning to‘rtinchi pog‘onasida turadi.
WBA reytingida bir vaqtning o‘zida 6 nafar bokschi yuqori pog‘onalarda bo‘lishi O‘zbekistonda professional boksning muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.