O'zbekiston xokkey bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etadi
3 октябрь

O'zbekiston xokkey bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etadi

2025-yilda xokkey bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi birinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadi. Turnir o’yinlari 13-19 aprel kunlari Armanistonda o’tkaziladi.

Jamoa xokkey salohiyati rivojlanayotgan mamlakatlarni o’z ichiga olgan IV divizionda o’ynaydi. Armaniston, Eron, Quvayt, Malayziya va Indoneziya jamoalari bizning terma jamoamizning raqiblari bo’ladi.

Asosiy terma jamoadan tashqari, 2025-yilda O’zbekistonning 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar jamoasi (U18) ham xalqaro sahnaga chiqadi. O’smirlar III divizion b guruhida jahon chempionatida ishtirok etadilar. Turnir 28 fevraldan 6 martgacha Bangkokda bo’lib o’tadi.

O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Bosniya va Gersegovina, Turkmaniston, Tailand, Janubiy Afrika va Lyuksemburg jamoalariga qarshi o’ynaydi. O’smirlar uchun ushbu chempionat nafaqat o’zini isbotlash, balki mamlakatda xokkeyni yanada rivojlantirishga yordam beradigan bebaho tajribaga ega bo’lish uchun imkoniyat bo’ladi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun