
O‘zbekistonlik qilichbozlar Jahon kubogi bosqichida g‘alaba qozondi
Toshkentda yoshlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar ajoyib natija ko‘rsatishdi. Musobaqaning barcha dasturlarida yurtdoshlarimiz xalqaro maydonda o‘z mahoratlarini namoyon etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Jamoaviy bahslarda o‘zbekistonlik yigitlar Qozog‘iston terma jamoasini, qizlarimiz esa Bolgariya terma jamoasini ishonchli tarzda mag‘lub etishdi. Yakuniy natijalar ushbu turnirda o‘zbekistonlik qilichbozlarning ustunligini tasdiqladi.
O‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston jamoasi birinchi o‘rinni egalladi, Qozog‘iston va Vengriya esa keyingi o‘rinlarni band etdi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda ham sportchilarimiz g‘alaba qozonib, Bolgariya va Ruminiyani ortda qoldirdilar.
Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun