
Hardcore promoushenining "boks" va "mushtlashuv" yo‘nalishlari bo‘yicha litsenziyalari bekor qilindi
Buning sababi — boks qoidalarining hamda mushtlashuv ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar reglamentining qo‘pol tarzda buzilishidir.
Bundan tashqari, tashkilot promoter va bokschilar o‘rtasidagi shartnomalarni, jang to‘g‘risidagi kelishuvlarni, musobaqalar ro‘yxatini va hakamlik jamoalariga to‘lanadigan xarajatlarni qoplash tartibini taqdim etmagan.
Yana bir sabab — turnir ishtirokchilarining internetda muntazam ravishda janjal va haqoratomuz xabarlarni e’lon qilishi bo‘ldi.