O‘zbekistonda xokkey bo‘yicha milliy terma jamoalar tashkil etiladi
O‘zbekiston xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Bahodir G‘afurov xokkey bo‘yicha milliy terma jamoalar tuzish rejalarini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda O‘zA. Jamoalarni shakllantirish 2025-yilda boshlanadi.
Terma jamoalar tarkibiga Toshkentning “Humo” klubidan O‘zbekiston fuqaroligini olish jarayonini o‘tayotgan yetti-sakkiz nafar rossiyalik xokkeychi kiritiladi.
Kelgusi yilning o‘zidayoq O‘zbekiston milliy jamoalari ikkita yirik xalqaro musobaqada: 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati hamda kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi mo‘ljallanmoqda.